G‘ozi Yunus

Aktyor, Shoir
G‘ozi Yunus
Tavallud sanasi:
1887 yil
Vafot sanasi:
5.05.1942

G‘ozi Yunus mohir jurnalist, yetuk hikoyanavis va bir qator xalqona she'rlar muallifi, ko‘zga ko‘ringan dramaturg, hajv ustasi hamda jamoat arbobi va aktyor. «Zarafshon» gazetalari va «Mushtum» jurnalining tashkilotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ma'rifatparvarlik va jadidchilik harakati davri adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyondasi. Bir qator asar va pyesalar yaratgan. "Mehnat va matbuot qahramoni" unvoni sohibi.
XX asr milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri G‘ozi Yunusdir. U mohir jurnalist, yetuk hikoyanavis va bir qator xalqona she'rlar muallifi, ko‘zga ko‘ringan dramaturg, hajv ustasi hamda jamoat arbobi sifatida madaniyatimiz tarixidan munosib o‘rin egallaydi. G‘ozi Yunus 1887 yilda Toshkentning Oxunguzar mahallasida ziyoli-hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Oiladagi to‘rt o‘g‘il bo‘lib, ota-ona tarbiyasida ham savodli, ham ustachilik kasbiga ega bo‘lishgan. G‘ozi Yunus otasi yonida imorat ustasi sifatida yangi shahar qurilishida qatnashganligi sababli rus tilini erta va mukammal egallagan. Madrasada arab va fors tillarini puxta o‘rgangan.

G‘ozi Yunus 1915 yilda madrasani imtiyozli bitirgach, xalq qo‘shiqlari, musiqasiga havasi ortib, dutor, tanbur chalishni o‘rganadi, xonanda sifatida ham taniladi. 1916 yilda mardikorlikka olinib, Boltiqbo‘yi frontida qatnashadi va ko‘p o‘tmay, u yerdan nogiron bo‘lib qaytadi. Inqilob arafasida Eshonguzar mahallasida tashkil topgan «Og‘alarga yordam qo‘mitasi»da sarkotib bo‘lib ishlaydi va tuhmat tufayli biroz muddat qamalib ham chiqadi. Shu tarzda uning «Turma xotirasi yoki Haqsizlik kasofati» degan dostoni yuzaga keladi. Shundan so‘ng u sekin-asta o‘z she'rlari bilan matbuot sahifalarida ko‘rina boshlaydi, teatr sahnalarida rollar ijro etadi. Xususan, Abdulla Qodiriyning «Baxtsiz kuyov» dramasida aktyor sifatida ishtirok etadi. Keyinchalik o‘zi yaratgan «Zahhoki moron» dramasida Zahhokning otasi adolatpesha Temirtosh rolida o‘ynaydi.

Shuningdek, u milliy o‘zbek matbaasi, nashriyotimiz tashkilotchisi sifatida elga tanilgan. Buxoro, Boku shaharlaridan bosmaxona uchun texnika vositalari, harflar keltirgan. Toshkentdagi Eski Juva bosmaxonasini tashkil etishda jonbozlik qilgan. «Turkiston», «O‘izil bayroq», «Zarafshon» gazetalari va «Mushtum» jurnalining tashkilotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ko‘p vaqt «Qizil bayroq», «Mushtum» kabi gazeta-jurnallarida muharrir bo‘lgan. Uning o‘zi yozadi: «Men davlat nashriyotida ishladim. Gazetalardan «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq», «Qizil O‘zbekiston», «Zarafshon», «Yangi yo‘l», «Rosta»larda qatnashdim va ko‘plarida muharrirlik qildim». Shunday keng jabhadagi faol xizmatlari uchun Toshkent shahar ijroko‘mi 1921 yilda unga "Mehnat va matbuot qahramoni" unvonini beradi.
Biroq 1929 yillardan boshlab unga bo‘lgan qarash o‘zgaradi va u siyosiy ta'qib ostida qoladi. U ham, boshqalar qatori, «xalq dushmani», «panturkist», «panislomist» tamg‘asi ostida 1937 yilning 6 avgustida hibsga olinadi. 1942 yilning 5 may kuni ochlik va betoblik tufayli Vologda shahri qamoqxonasida olamdan o‘tadi.

Shuni alohida qayd etish joizki, G‘ozi Yunus ijodida «Zahdoki moron» («Zahhokning ilonlari») asari alohida ahamiyatga ega. Asar Firdavsiyning o‘sha mashhur «Shohnoma» dostoni asosida yaratilgan bo‘lib, undagi «Zahdok va temirchi Kova» voqyeasi drama markazida turadi. Mazkur asar dastavval 1919 yilning 28 sentyabrida Mannon Uyg‘ur rejissyorligida «Kolizey» teatrida sahnalashtirilgan. Cho‘lpon ham bu asar haqida iliq fikr bildirib, «xalq sog‘inadigan» asar, deb baholagan. Xullas, G‘ozi Yunus ijodini o‘rganish va baholash uning tarixdagi o‘rnini aniqlash uchungina zarur bo‘lmay, balki qatag‘on davri ijtimoiy-siyosiy muhiti va uning maqsad-mohiyatini yanada chuqurroq tushunish, milliy tafakkur jarayonlarini to‘g‘ri anglash uchun ham muhimdir.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/g%E2%80%98ozi_yunus
Sayt foyda berdi!
87451 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi